IIV rahbari qator lavozimiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Podpolkovnik  Nurullayev Umidbek Kupalovich IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish (Olmaliq shahri) Markazi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Kapitan Baltabayev Akmal Akramovich IIV Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga tayinlandi. Akmal Baltabayev bunga qadar Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimida xizmat qilgan.

Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondonining kadrlar harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan polkovnik Kurambayev Gapur Bekchanovich Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mayor Qo‘chqarov Dilshodbek Adiljanovich Andijon viloyati IIB, Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u tibbiyot  bo‘limi harbiy-tibbiy komissiya raisi lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Amanov Ismoil Isoqulovich Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Ismoil Amanov Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Beshimkulov Aktamali Bektoshevich Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i  lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

263

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing