Buxoroda uch o‘g‘ri oziq-ovqat do‘konini tunab ketdi

Jamiyat

image

Buxoroda uch kishi oziq-ovqat do‘konini tunab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

2019 yil 23 may kuni Buxoro tumani Shergiron MFYda yashovchi 22 yoshli Sh.Q. tuman IIBga murojaat qilgan. 

U shu yil 5 mayga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar o‘ziga tegishli do‘kon eshigini buzib kirib, u yerdan 5 mln. so‘m pullari, umumiy qiymati 2 mln. so‘mlik turli xildagi tamaki va oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qorako‘l tumani Tinchlik mahallasida yashovchilar 37 yoshli S.X., 39 yoshli M.R. va Navbahor mahallasida yashovchi 33 yoshli Sh.P.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made