Xorijiy fuqarolar tibbiy xizmatlar uchun oshirilgan miqdorda haq to‘laydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga  o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, xorijiy fuqarolarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haq oshirilgan miqdorda bozor narxlaridan kelib chiqib to‘lanadi.

Oshirilgan narxlar Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan belgilanadi.

Ilgari ushbu narx umumiy belgilangan narxlardan 20 foizga oshirilgan holda belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing