Ayol va erkak: koronavirusga qay biri chidamliroq?

Jamiyat

image

Dunyo bo‘ylab koronavirusdan vafot etganlarning taxminan 60 foizini erkaklar tashkil etyapti. Yel universiteti tadqiqotchilarining biologik o‘rganishlaridan ma’lum bo‘lishicha, ayollar organizmi viruslarga qarshi yaxshiroq kurashadi.

Immunobiologiya professori Akiko Ivasakining aytishicha, koronavirus ikki jins vakillari o‘rtasida turlicha kechadi, erkaklarning ushbu kasallikka chalinish ehtimoli ko‘proq ekanligi bo‘yicha ham aniq ma’lumotlar bor.

Tadqiqotchilar tupuk va qon namunalarini to‘plashdi hamda infeksiyaning dastlabki bosqichida immun tizimidagi asosiy farqlarni kuzatishdi. Ayollarda “T” hujayralar deb nomlangan oq qon hujayralari mavjud bo‘lib, ular insonni virusdan himoya qilish xususiyatiga egaligi isbotlandi.

Erkaklardagi “T” hujayralari esa aksincha, kasallikning kuchayishiga olib kelishi aniqlandi.

Tadqiqotchilar xulosasi esa shunday bo‘ldi, bemorning jinsiga qarab turli xil yondashuvlar bilan emlash kerak.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar 24,3 milliondan oshib ketdi. Ularning 17 millionga yaqini sog‘aygan va 830 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing