Juma kuni farg‘onalik YPX xodimlari xayrli ishni boshladi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida bugun, 14 fevral kuni tajriba tariqasida “Mehr” deb nomlangan loyihaga 14 fevraldan start berildi. Bu haqda Farg‘onada bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova xabar bermoqda. 

Viloyatda bir hafta davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida yengil qoidabuzarliklarga yo‘l harakati xizmati hodimlari tomonidan haydovchilar jarimaga tortilmay, faqatgina ogohlantirish bilan kifoyalanadi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad: haydovchilarning qoida buzishini poylab, ularni jarimaga tortish emas, aksincha qoidabuzarliklarning kamayishi bo‘yicha ommaviy natijaga erishish. 

Bugun erta tongdan Farg‘ona viloyati IIBda tashkil etilgan tadbir oldi yo‘riqnomada rahbariyat tomonidan tadbirni samarali o‘tkazish  bo‘yicha tegishli topshiriqlarni olgan yo‘l harakati xizmati inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarga yo‘l oldilar. Hafta davomida yo‘llarda qoidabuzarliklar o‘rganilishi bilan birga ta’lim muassasalari, mahallalar va jamoat joylarida fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, harakat ishtirokchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha profilaktik suhbatlar olib boriladi.

QALAMPIR.UZ ushbu loyihaga bosh-qosh bo‘layotgan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev bilan uchrashib, suhbatlashdi. Tez orada ushbu intervyuni e’tiboringizga havola etamiz. 


Maqola muallifi

Teglar

Doniyor Toshxo'jaev Farg'ona viloyati IIBB

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing