Nefrit ko‘llarini qo‘riqlanadigan ob’ektga aylantirish harakati boshlandi

Jamiyat

image

O‘tgan hafta boshida Toshkent viloyatidagi Urungach (Nefrit) ko‘li atrofini odamlar damo olish maskaniga aylantirib, tapchanlar o‘rnatgani va ko‘lga katamaranlar olib kelingani haqida xabarlar tarqaldi.

Oradan bir necha kuni o‘tib Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Urungach ko‘li bo‘yicha o‘rnatilgan 10 ta tapchanning 5 tasini oldirilganini ma’lum qildi.

Kecha, 16 iyul kuni O‘zbekistonning Ekologiya partiyasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi ostida Nefrit ko‘llari va uning atrofidagi hududlar ahvolini baholash uchun Urungachga ekspertlar guruhini yo‘lladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Tohir Soliyevning xabar berishicha, hozirda Ekologiya partiyasi tomonidan Nefrit ko‘llari va uning atrofidagi hududlar himoyasi, shuningdek bu hududlarni O‘zbekistonning ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etishga yo‘naltirilgan qonun loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritishga doir ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi Nefrit ko‘llarini ifloslanishdan himoyalash va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Urungach ko'li

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar