Sanjarbek Rahmonovning keyingi jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Sanjarbek Rahmonov 5 aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. 

Bokschining aytishiga qaraganda Las-Vegasda tashkil qilinishi kutilayotgan jangda uning raqibi kim bo‘lishi hozircha aniq emas. Lekin tez orada bu ma’lum bo‘ladi. Ayni damda sportchining jamoasi jang uchun juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

2015 yilda professional faoliyatini boshlagan Sanjarbek shu vaqtga qadar 13 ta jang o‘tkazib, ularning 11 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana ikki uchrashuvda 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi marta o‘tgan yili dekabr oyida ringga chiqib, amerikalik Jonatan Stildan ochkolar bo‘yicha ustun kelgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Sanjarbek Rahmonov Professional boks

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing