Gruziyada noroziliklarga sabab bo‘lgan qonun ikkinchi o‘qishda ham ma’qullandi

Olam

image

Bugun, 1 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Gruziya parlamenti "Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ham qabul qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Birinchi o‘qishda bo‘lgani kabi, hujjatni 150 nafar deputatdan 83 nafari – "Gruziya orzusi" partiyasi va uning koalitsiyadagi hamkori "Xalq kuchi" partiyasi a’zolari qo‘llab-quvvatlagan. Uchinchi o‘qish shartli ravishda 17 mayga belgilangan.

Ayni paytda minglab odamlar parlament binosi oldidagi maydonda to‘planib, qonun loyihasining qabul qilinishiga norozilik bildirishmoqda.

Avvalroq, Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili qonun qabul qilinsa, veto qo‘yishga va’da bergan edi. Ayni paytda hukmron partiya prezident vetosini bekor qilish uchun yetarli ovozga ega.

Ma’lumot uchun, qonun loyihasining qabul qilinishiga qarshi kurashayotganlar uni "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi Rossiya qonunining nusxasi deb atashadi.

Eslatib o‘tamiz, Gruziyada “xorijiy agentlar” qonuniga qarshi chiqqan 60 dan ortiq odam hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Salome Zurabishvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made