Futbolda adolat o‘rnatgani keldim – Ravshan Ermatov

Sport

image

Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida O‘FAning yangi birinchi vitse-preztidenti Ravshan Sayfuddinovich Ermatov ishtirokida OAV vakillari uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Ravshan Ermatov Matbuot anjumanida so‘zga chiqar ekan, avvalo jurnalistlarni yaqindagina nishonlangan Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Shundan keyin vitse-prezident bevosita savol-javoblarga o‘tdi. 

“Men kelgan kunimdan birinchi e’tiborni O‘FA ichida maxsus muzey tashkil etishga qaratdim. Biz agar o‘zbek futbolini tarixini hurmat qilmasak, kelajakni ham hurmat qilmagan bo‘lamiz. Boshqa joylardan O‘zbekistonga kelgan mehmonlar uchun futbol yurtimizda kecha paydo bo‘lmaganini ko‘rsatish uchun ham bu muzey bizga kerak.

Avvalo bizda futbol hozirgi kunda rivojlanib boryapti, lekin bu talab darajasida emas. Futbol oldinga yurishi uchun unda adolat bo‘lishi kerak. Biz shuni o‘rnatamiz. Kimni haqqi bor shundoq ham zo‘rg‘a nafas olayotgan o‘zbek futboliga zo‘g‘m o‘tkazishga?”, deydi ravshan Ermatov.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Ravshan Ermatov

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing