Gruziya 1 iyuldan sayyohlar uchun ochiladi

Olam

image

Gruziya 1 iyuldan xorijiy sayyohlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda “Sputnik Gruziya“ nashri xabar bermoqda.

Bu shuni anglatadiki, Gruziya shu vaqtga qadar koronavirus tarqalish xavfi tufayli uzilgan quruqlik va havo aloqalarini tiklaydi.

“15 iyundan Gruziya mahalliy sayyohlik xizmatlari uchun ochiladi va 1 iyuldan Gruziya xorijiy sayyohlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Buning uchun biz qo‘shni davlatlar bilan xavfsiz yo‘laklarni yaratamiz. Shuningdek turizm uchun qiziq bo‘lgan davlatlar bilan xavfsiz yo‘laklarni tashkil qilamiz“, deydi Bosh vazir Georgiy Gaxariya.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq ravishda, Gruziya chet elliklar uchun chegaralarni yopgandi. Shuningdek, alohida holatlar bundan mustasno tarzda barcha yo‘nalishlarda havo qatnovini to‘xtagan. 21 martdan boshlab mamlakatda favqulodda holat joriy etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gruziyada koronavirus bilan bog‘liq 610 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 269 nafari sog‘aygan, 9 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 332 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Turizm Koronavirus Gruziyada

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing