Qozog‘istondagi aviahalokat qurbonlarining jasadlari bepul yetkazib berildi

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘istonda aviahalokat ro‘y bergani, natijada 12 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lum qilinishicha, Olma-ota xalqaro aeroporti 27 dekabr kuni halokat qurbonlari jasadlarini Pavlodar, Qizilo‘rda va Nur-Sultonga bepul yetkazib berishni tashkil qilgan. 

"Olma-ota xalqaro aeroporti rahbariyatining qarori bilan aeroportimizning bir guruh ishchilari shahar morgiga yuborildi. U yerda xodimlarimiz halok bo‘lganlar qarindoshlariga ularning jasadlarini aniqlashda yordam berishdi", deydi ayerodromning xavfsizlikni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Eldor Muhamediyev.

Unga ko‘ra, aeroport rahbariyati halok bo‘lganlarning jasadlarini yetkazib berish uchun zarur jihozlarni taqdim etgan. Shuningdek, jasadlar Nur-Sulton, Pavlodar va Qizilo‘rda shaharlariga yuborilgan.

Bundan tashqari, aeroport ma’muriyati fojia qurbonlari dafn marosimini tashkil etishga yordam berishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aviahalokat

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing