TIV Koreyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Janubiy Koreyadagi fuqarolarini ortga qaytarish uchun haftasiga bir marta qatnov amalga oshiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“COVID-19 koronavirusinining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatimiz Transport vazirligi Koreya Respublikasi aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarda vaqtinchalik cheklash choralari joriy qilinishi to‘g‘risida rasman xabardor qildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, aviaqatnovlar soni haftasiga 1 ta reysgacha qisqartiriladi. Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga keluvchi yo‘lovchilar uchib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘lib turadi. 

Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning barqarorlashishi bilan ikki davlat o‘rtasidagi aviareyslar soni qayta tiklanadi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV so‘nggi kunlar davomida koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq holat og‘irlashayotgan Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda quyidagi raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: 

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi: 

(+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60;

“Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi (aviachiptalar masalalari bo‘yicha): 

(+82) 10 8718-6850 (Ayubxon Abdullayev);

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvandju shahridagi vakolatxonasi (mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha):

(+82) 10 8495-0027 (Odiljon Karimov).


Maqola muallifi

Teglar

TIV virus Koreya

Baholaganlar

303

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing