“Real”ning sobiq hujumchisi “Paxtakor”ga o‘tyapti

Sport

image

Togolik hujumchi Emmanuel Adebayor Toshkentning “Paxtakor” klubiga o‘tmoqda. Bu haqda Turkiyaning “Skorer” portali xabar berdi. U Toshkent klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilyapti.

U 2019 yilning yozidan beri Turkiyaning “Kayserispor” klubi safida o‘ynab kelayotgandi. Qayd etilishicha, 2 dekabr kungi “Beshiktosh” – “Kayserispor” (4:1) o‘yinidan keyin klubi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Shu kuni u jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Afrikalik hujumchi “Paxtakor” safiga o‘tish masalasida Shota Arveladze bilan og‘zaki kelishuvga erishgani aytilmoqda.

Ayni vaqtda “Paxtakor” sobiq gruzin hujumchisi Shota Arveladze boshchiligida O‘zbekiston chempionatida yetakchilik qilib kelyapti.

Ma’lumot uchun, Emmanuel Adebayor “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Real Madrid”, “Tottenxem” safidagi o‘yinlari bilan tanilgan bo‘lib, 2017 yil yanvaridan buyon Turkiya chempionatida to‘p surayotgan edi. U uch mavsum “Istanbul” klubida o‘ynagach, 2019 yil avgustida “Kayserispor” safiga kelib qo‘shilgan va jamoa bilan bir yillik shartnoma imzolagandi.

“Kayserispor” Turkiya Superligasi 13-turidan keyin turnir jadvalida bor yo‘g‘i bitta g‘alaba bilan so‘nggi 18-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Emmanuel' Adebayor

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing