Xitoy AQSHga “paxta” qo‘yishni boshladi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati bir nechta mahalliy kompaniyalarga AQSHga paxta, makkajo‘xori, jo‘xori (don) va cho‘chqa go‘shti sotib olishga, savdo urushi davrida Amerika tovarlariga mamlakat tomonidan kiritilgan yuqori import bojlarini to‘lamaslikka ruxsat berdi. 

Xususan, bir nechta Xitoy fabrikalariga jami 50 ming tonna Amerika paxtasini 25 foizlik boj to‘lamasdan sotib olishga ruxsat berildi. Xuddi shu imtiyozlar ba’zi kompaniyalarga makkajo‘xori, jo‘xori va cho‘chqa go‘shti importi uchun beriladi. Biroq, agentlik manbalari ushbu mahsulotlarning qaysi hajmga yuqori bojsiz olib kirilishi mumkinligini aniqlamagan. Qaror Amerika soya fasulyasini Xitoyga olib kirishda imtiyozlardan so‘ng qabul qilindi. Xitoy Hukumati beshta mahalliy kompaniyaga AQSHdan uch million tonnagacha soya sotib olish va import bojlarini to‘lamasdan Xitoy Xalq Respublikasiga olib kirishga ruxsat berdi. 

Agentlik ta’kidlashicha, bu yordam Vashington bilan savdo muzokaralarining yangi bosqichi arafasida amalga oshirilgan. 
Eslatib o‘tamiz, AQSH vakillari muzokaralar o‘tkazish uchun ertaga 29 iyul kuni Xitoyga yetib kelishi kutilmoqda. 

Xitoy soya va cho‘chqa go‘shtining yirik global importchisi va makkajo‘xorining asosiy xaridoridir. Biroq, 2018 yilda Xitoyda savdo qarama-qarshiligi boshlanishi bilan, Xitoy AQSHdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga import bojlarini oshirdi va xaridlarni kamaytirdi. Cheklovlar ostida, xususan, makkajo‘xori, jo‘xori va boshqa mahsulotlar bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing