Gollandiyadagi restoranlarda mijozlarni qabul qilishning antiqa yo‘li topildi

Olam

image

Gollandiyada koronavirus tufayli restoranlarda mehmonlarni qabul qilishning yangicha usuliga tayyorlarlik ko‘rilmoqda.

Restoranda mehmonlar nafaqat bir-birlaridan uzoqroq joylashtiriladi, balki ularni “shisha chodirlarga” o‘tkazishadi. Shunday qilib, stolda joylashgan kompaniya qo‘shni stollarda va hatto ofitsiantlardan himoya qilinadi.

Mehmonlarga ular o‘tirgan joyga kirmasdan xizmat ko‘rsatiladi. Restoran xodimlariga buyurtmani stolga “itarib” va mehmonlarga yaqinlashmasliklari uchun qo‘lqoplar, niqoblar va uzun tovoqlar beriladi, deya xabar beradi “Reuters” axaborot agentligi.

Restaratorlar hozircha ushbu yangilikni do‘stlarida sinab ko‘rishdi. Mamlakatda o‘rnatilgan karantin qoidalariga ko‘ra, 19 maygacha restoranlarda mijozlar kirishi taqiqlanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gollandiyada koronavirusga 41 319 nafar odam chalindi. 250 bemor shifo topgan bo‘lsa, 5204 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Gollandiyada

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made