XVJ Ukrainaning bosh muammosi haqida gapirdi

Olam

image

Xalqaro valyuta jamg‘armasi korrupsiya va Ukraina iqtisodiyotining o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa omillarni qayd etdi. Bu haqda XVJ missiyasining natijalari to‘g‘risidagi hisobotda aytilgan, deya xabar bermoqda TASS. 

"Ukraina iqtisodiyotining o‘sishiga zaif ishbilarmonlik muhiti, qonunchilikdagi kamchiliklar, keng tarqalgan korrupsiya va iqtisodiyotning katta qismi samarasiz davlat korxonalari yoki oligarxlar tomonidan boshqarilayotgani raqobatni susaytiradi va investitsiya muhitiga zarar yetkazadi", dedi XVJning Ukrainadagi vakolatxonasi rahbari Ron Van Roden. 

XVJ vakilining ta’kidlashicha, o‘sish sur’atlari haddan tashqari past bo‘lib, Ukraina va qo‘shni davlatlardagi daromadlar o‘rtasidagi tafovutni sezilarli darajada qisqartirish zarur. Mamlakatda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning atigi 20 foizi saqlanib qolmoqda 
Hisobotga ko‘ra, Ukrainada korrupsiyaga qarshi yangi institutlarning tashkil etilishi "sezilarli natijalar" bermadi. Yomon biznes sharoitlari tufayli investitsiyalarning past darajasi samaradorlikning o‘sishini va xususiy sektorda ish o‘rinlarini yaratishni cheklaydi va natijada ko‘plab ukrainalik ishchilar chet elda ish izlamoqda.

Van Roden shuningdek, Ukrainaning iqtisodiy siyosati iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish uchun sharoit yaratishda makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga asoslanishi kerakligini aytdi. Shu bilan birga, davlat xarajatlarining samaradorligini oshirish bilan "maqbul davlat qarzini ta’minlash uchun oqilona soliq-byudjet siyosati" ga rioya qilish zarur.

Davlatning pul-kredit siyosati inflyatsiyani yanada pasaytirishga va moslashuvchan almashuv kursida zaxiralarni to‘plashga yo‘naltirilishi kerak. "Moliyaviy vositachilikni kuchaytirish va soliq to‘lovchilar uchun bankni tugatish oqibatlarini minimallashtirishda moliyaviy barqarorlikni saqlash juda muhimdir", deyiladi hisobotda.

Xalqaro valuta jamg‘armasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev o‘z kuchini iqtisodiyotning o‘sishini ta’minlash uchun tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga jamlashi kerak, shu bilan birga "kuchli qonun ustuvorligi", shu jumladan sud islohoti va korrupsiyaga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega.
Raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun ish haqini oshirish mehnat unumdorligini oshirishga mos bo‘lishi kerak, deb qo‘shimcha qildi u. Shuningdek, Van Rodenning so‘zlariga ko‘ra, islohotlarning barqaror amalga oshirilishi tufayli Ukraina Yevropa Ittifoqiga yanada yaqinroq integratsiyalashishi mumkin.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotida ta’kidlanishicha, bu yil Ukrainadagi saylovlardan so‘ng yangi Hukumat "zarur islohotlarni ilgari surish imkoniga ega". "Rasmiylar XVJ ko‘magi bilan ushbu maqsadlarga erishishga yordam beradigan yangi dasturni talab qildi", deydi Van Roden.                         

Shu yilning 12-26 sentyabr kunlari Ukrainada ishlagan XVF missiyasi kengaytirilgan moliyalashtirish mexanizmi ostida yangi uch yillik dasturni muhokama qildi.

"So‘nggi ikki hafta davomida missiya ekspertlari yangi dasturning siyosiy yo‘nalishlari, xususan moliya va pul-kredit siyosati, shuningdek, islohotlarning asosiy chora-tadbirlari to‘g‘risida samarali muhokamalar o‘tkazdilar", deyiladi hisobotda. 

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukraina talab qilgan yangi yordam dasturini kelgusi haftalarda muhokama qilishda davom etadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Xalqaro valyuta jamg'armasi

Baholaganlar

6

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing