Davlat ulushi bor korxonalar xatlovdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish natijadorligi va bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2020 yilda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi. 

Avvalo, bunday korxonalarni isloh qilish yoki tugatish, saqlash yoki xususiy sektorga berish masalasini o‘rganish bo‘yicha Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari boshchiligida ishchi guruhlar tashkil etildi.

Jumladan, axborot texnologiyalari sohasidagi 140 ta korxona, hududlardagi kommunal, qurilish va xizmat ko‘rsatish sub’ektlariga tegishli 1573 ta, geologiya, metallurgiya, moliya tashkilotlari bo‘yicha 137 ta, yengil sanoat, mashinasozlik va elektrotexnika tarmoqlaridagi 49 ta, ijtimoiy soha, turizm va farmatsevtika yo‘nalishidagi 449 ta, kimyo, neft-gaz, energetika sohasidagi 42 ta, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘idagi 330 ta, sanoat zonalaridagi 99 ta korxona bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tuzilib, ularning har biriga moliya vaziri o‘rinbosarlari biriktirildi.

Ishchi guruhlarga bir oy muddatda har bir korxonani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning rentabelligi, hozirgi quvvati va istiqbolini tahlil qilgan holda, 2020 yilga mo‘ljallangan aniq reja va takliflar ishlab chiqish topshirildi. 

Ko‘plab kompaniyalar moliyaviy hisobot yuritish, ichki nazorat va audit o‘tkazish, boshqaruvga mustaqil a’zolarni kiritish kabi masalalarda oqsayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga mazkur kompaniyalarda korporativ boshqaruvni keng joriy etish, bazaviy sohalardagi 32 ta yirik korxonani isloh qilishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

korxonalar xatlov

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing