Ginnes rekordlari uchun maxsus: Namanganda 6 tonnalik sumalak tayyorlanmoqda
Jamiyat 14 mart 21:06 3200
image

Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 6 tonnalik sumalak tayyorlanadi. Bu bilan Namangan xalqi Navro‘z bayrami arafasida sumalak rekordini qayd etishadi. 

“Namanganskaya pravda” gazetasi xabariga ko‘ra, Sumalakni tayyorlash jarayoni 19-21 mart kunlari “Sumalak sayli” ikkinchi turizm va milliy qadriyatlar festivali doirasida bo‘lib o‘tadi. Aslida namanganliklar o‘tgan yili besh tonnalik sumalak tayyorlab, rekord qay etishgan edi. Bu yil esa ular bu rekordni yangilash niyatida yana yeng shimarmoqdalar.

“Rekord sumalak” uchun eng zarur bo‘lgan narsa: diametri 3,8 metr bo‘lgan, 7 ming litr sig‘imdagi 4 tonna 600 kilogramm vaznga teng bo‘lgan qozon allaqachon Namanganga oli kelindi. Sumalak uchun 1 tonna bug‘doy undirildi. 500 kilogramm yog‘ va 3 tonna un olinishi rejalashtirilgan.

Sumalakni tayyorlash uchun tanlov asosida 30 ta tajribali ayol oshpazlar saralab olindi. Ularning barchasi jiddiy tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazildi.

Festival uchun “Namanganskaya pravda” gazetasi maxsus veb-sayt ishlab chiqqan. 16 martdan ishga tushadigan bu saytda “Sumalak sayli” festivali sumalakning tayyorlanish jarayonlari yoritib boriladi.

Umar Murod
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 79
Reyting: 2.9