Rasman: “Milan” yevrokuboklardan chetlatildi

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi xalqaro Sport arbitraj sudi tomonidan keyingi mavsum yevrokuboklardan chetlatildi.

Ma’lum qilinishicha, “Milan” klubi moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda ayblanmoqda. Shu boisdan “rossonerilar” 2019/20 yilgi mavsumda Yevropa ligasida ishtirok etishdan mahrum bo‘ldi.

Xabaringiz bor, Italiya A seriyasining o‘tgan mavsumida “Milan” 5-pog‘onani qo‘lga kiritgandi. Bu o‘rin ularga Yevropa ligasining guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashish imkonini berar edi. Endi “Milan” o‘rniga bu joyni Rimning “Roma” klubi band etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Roma Milan Sport arbitraj sudi A seriya

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing