O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 6358 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 nafarga oshib, 6358 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 4377 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1962 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 3 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing