Axbor Imomxo‘jayev 61 yillik xotiralarini bir kitobga jamladi

Sport

image

Bugun, 16 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Axbor Imomxo‘jayevning “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Taniqli futbol sharhlovchisi, o‘zbek sharhlovchiligi maktabining asoschilaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo‘jayev ushbu kitobni o‘zbek futbolining 100 yilligiga bag‘ishlab chop ettirgan. 

800 sahifadan iborat ushbu kitobda o‘zbek futboliga oid ko‘plab tarixiy materiallar, xotiralar, qiziqarli faktlar jamlangan. Shuningdek, unda o‘zbek futboli tarixida yorqin iz qoldirgan murabbiy, futbolchi, mutaxassis va sport jurnalisti sifatida faoliyat olib borgan mashhur insonlar haqida ham qator qimmatli ma’lumotlar uchraydi.

“Kitob o‘zbek futbolining 100 yilligiga bag‘ishlab yozildi. Uning ichiga 1912 yildan boshlab rivojlangan o‘zbek futboli tarixidagi 261 shaxs kiritilgan. Men deyarli ularni har birining uyiga borganman. Ushbu tashrifim davomida bir qator fotosuratlar jamlab, muhim suhbatlar uyushtirdim. Kitob nusxalari Superliganing har bir jamoalari, akademiyalariga, qolaversa, futbolimiz hakamlariga yuborildi”, deydi Axbor Imomxo‘jayev.

Muallif kitob ustida 12 yil ishlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Axbor Imomxo‘jayev 1936 yilning 19 fevralida Toshkentda tavallud topgan. U futbolga oid 9 ta kitobning muallifi. “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” kitobi muallifning o‘ninchi kitobidir.

Axbor Imomxo‘jayev 1996 yilda “Shuhrat” medali, 2006 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Axbor Imomxo'jaev

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing