Germaniya Orolbo‘yini rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihalar menejeri Paul Shumaxer bilan “Orolbo‘yida ekologik yo‘naltirilgan mintaqaviy taraqqiyot” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, u Orolbo‘yi hududini barqaror transchegaraviy ekologik hamda iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga erishishda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlariga ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.

“Orolbo‘yi hududida ekologik yo‘naltirilgan mintaqaviy rivojlanish biz uchun juda muhimdir. Yangi loyihaning asosiy tarkibiy qismlari: konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, raqamlashtirish, geoaxborot tizimi, masofaviy zondlash, transchegaraviy hamkorlik va boshqalardan iborat. Shu qatorda biz qozog‘istonliq qo‘shnilarimiz bilan ma’lumot almashish uchun ochiqmiz”, degan vazir.

Byudjeti 8 million yevroni tashkil qiluvchi to‘rt yillik mazkur loyiha ekologik va ijtimoiy jihatlarga salbiy ta’sirlarni minimallashtirishni hisobga olgan holda iqtisodiy rivojlanishga kompleks yondashuv asosida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qishloq xo'jaligi Orolbo'yi

Baholaganlar

101

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing