Hokim avtomobiliga “migalka” o‘rnatgani uchun jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilov Ne’matullayevichning davlat raqami 30 330 SAA bo‘lgan “Kaptiva” rusumli xizmat avtomobili old qismiga o‘zboshimchilik bilan “migalka” (stroboskop) o‘rnatilganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.

Holat yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha tuman IIB YHXB Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i katta inspektor leytenant N.Ibragimovga murojaat etildi. Ma’muriy huquqbuzarlik amaldor – tuman hokimining xizmat avtomobili bilan bog‘lik ekanligi uchun turli bahonalar bilan inkor qilinishiga harakat sezildi.

Shundan so‘ng ushbu holat Samarqand viloyat IIB YHXB boshqarmasida muhokama qilindi va boshqarma rahbariyati aralashuvi natijasida huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilov migalka

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made