Gavayidagi vertolyot halokatida uch kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Gavayi shtatidagi Oaxu orolida vertolyot qulashi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan.  Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda. 

Hodisa sabablari ma’lum emas. Shtat federal aviatsiya boshqarmasi va Milliy transport xavfsizlik kengashi halokat yuzasidan tergov olib bormoqda. 

Shunga o‘xshash hodisa bir necha kun avval Venesuyelada ham sodir bo‘lgan edi. O‘shanda mamlakat milliy gvardiyasi generali va bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi esa og‘ir jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

3

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made