Galstuksiz uchrashuv: O‘zbekiston Turkiya bilan uch asosiy masala bo‘yicha kelishib oldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, 27-28 sentyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda vazirlar xavfsizlik masalalari hamda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar. 

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham Istanbulda bo‘lib turibdi. Kecha, 26 sentyabr kuni Turkiyaga yetib borgan Abdulaziz Komilovni Turkiya tashqi idorasi rahbari Mavlud Chavusho‘g‘lu kutib olgan. Vazirlar Istanbulning eng so‘lim go‘shalaridan birida galstuksiz norasmiy uchrashuv o‘tkazganlar. 

Chavusho‘g‘luning Twitter orqali ma’lum qilishicha, Turkiya va O‘zbekiston Afg‘oniston masalasida hamkorlikda faoliyat olib boradi. Shuningdek, imtiyozli savdo bitimi bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish ko‘zda tutilgan. 

Turkiya tashqi ishlar vaziri e’lon qilgan asosiy yangiliklardan biri esa koronavirusga qarshi vaksina bilan bog‘liq. Uning qayd etishicha, endilikda Turkiya va O‘zbekiston vaksina qabul qilganlik bo‘yicha sertifikatlarni tan olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi tuzish to‘g‘risidagi bitim 2009 yil 3 oktyabrda imzolangan. Hozirgi vaqtda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiya ushbu kengashning a’zolari hisoblanadi. Vengriya esa kengashda kuzatuvchi maqomiga ega. Tashkilotning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan. Joriy yilning noyabr oyida davlat rahbarlari ishtirokida Kengashning navbatdagi sammiti o‘tkazilishi va Kengash nomi o‘zgartirilishi kutilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Abdulaziz Komilov Mavlud Chavusho'g'lu Turkiy kengash

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made