O‘zbek kino san’ati og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

“Tanka” badiiy filmining rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Toreniyaz Qalimbetov vafot etdi.

Toreniyaz Jumaboyevich Qalimbetov 1954 yil 19 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida, ishchi oilasida tug‘ilgan. 1976 yili Toshkent madaniyat institutini rejisser yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Toreniyaz Qalimbetov “Qozoqfilm”da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasida, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasida va “Qoraqalpoqkino” agentligida rejissyorlik va turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

Toreniyaz Qalimbetov rejissyor sifatida 30 ga yaqin badiiy va hujjatli filmlar yaratgan va turli kinofestivallarda munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Rejissyorning eng mashhur filmlari qatorida 2002 yilda suratga olgan,  yoshu qari sevib tomosha qiladigan “Tanka” badiiy filmini keltirish mumkin.

QALAMPIR.UZ tahririyati nomidan marhumning oila a’zolari va do‘stlariga hamdardlik bildiramiz.


Maqola muallifi

Teglar

Toreniyaz Qalimbetov

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar