Apple koronavirus fonida rekord darajada foyda ko‘rdi

Olam

image

Apple  Xitoyda paydo bo‘lgan koronavirus fonida rekord darajada pul ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilingan.

Apple 2020 moliya yilining birinchi kvartalida (2019 yilning oktyabridan dekabr oyiga qadar bo‘lgan davr ham kiradi) 91,8 milliard dollar foyda ko‘rdi. Bu 2019 yilning xuddi shu davriga nisbatan 9 foiz ko‘p bo‘lib, kompaniya uchun rekord natija hisoblanadi. Sof foyda esa, o‘z navbatida, 22,2 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Kompaniyaning bunday darajada foyda ko‘rishiga, avvalo, AQSHdagi sotuvlar sabab etib ko‘rsatilgan (umumiy foydaning 61 foizi). Eng ko‘p sotilgan qurilmalarga iPhone 11 va iPhone 11 Pro kirgan.

2019 moliya yilining to‘rtinchi kvartali ham rekord hisoblanadi. O‘sha davrda Apple 64 milliard dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lgan. 

Xitoydagi iPhone ishlab chiqiladigan inshootlar virus o‘chog‘i Uxan shahridan 500 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shu bois 28 yanvar kuni qurilmalar ishlab chiqarish jarayoni xavf ostida qolgani ma’lum bo‘ldi. 29 yanvar holatiga ko‘ra, Xitoyda 6000 mingga yaqin kishi koronavirusga chalingan, 132 kishi halok bo‘lgan. 110 nafar bemor to‘la tuzaldi. Apple rahbariyati fabrika hududida karantin joriy etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Apple Koronavirus

Baholaganlar

412

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing