Futzal: O‘zbekiston FIFA reytingida 11-o‘rinni egalladi

Sport

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) futzal terma jamoalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Yangi jadvalda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11-o‘rinda qayd etildi.

Hozirda Xose Venansio Lopes murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi 1288,96 ochkoga ega. Bu borada o‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo jamoalari orasida 3-o‘rinni band etgan.

FIFA reytingida faqatgina Tailand va Eron O‘zbekistondan yaxshiroq pog‘onalarda joylashgan. Tailandliklar 1316,27 ochko bilan 9-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1469,33 ko‘rsatkich bilan Eron 4-o‘rinda qayd etilgan.

Reytingni 1568,41 ochko bilan Braziliya terma jamoasi boshqarmoqda. Kuchli uchlikka Portugaliya va Ispaniya jamoalari kiritilgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston futzal terma jamoasi bir necha kun avval Tailandda o‘tkazilgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-o‘rinni egallagandi. Bronza medallari uchun bahsda o‘zbekistonliklar qo‘shni Tojikistondan penaltilar seriyasida ustun kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Portugaliya Tailand Futzal Xose Venansio Lopes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made