“Lamborghini” tibbiy niqoblar ishlab chiqaradi

Olam

image
Tibbiyot qo‘lqoplarini yuvib ishlatsa bo‘ladimi? north_east

Tibbiyot qo‘lqoplarini yuvib ishlatsa bo‘ladimi?

Italiyaning "Automobili Lamborghini" kompaniyasi Boloniya yaqinidagi zavodini qayta jihozlab, mahalliy shifoxonalar uchun tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kecha, 31 mart kuni kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, kompaniya kuniga mingtagacha niqob ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqarish Boloniya shahri yaqinidagi zavodda yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda Italiyadagi koronavirus bilan bog‘liq eng og‘ir vaziyat ushbu shaharda kuzatilmoqda.

“Biz ushbu kurashda o‘z hissamizni qo‘shishni zarur, deb bilamiz. Pandemiya ustidan g‘alabaga bu kurashda oldingi safda turganlarni qo‘llab-quvvatlash va birgalikdagi mehnat natijasida erishiladi” deydi kompaniya vakili.

Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarilgan himoya vositalari Boloniya shahridagi “Sant'Orsola-Malpigi” kasalxonasiga yetkaziladi. U yerda yuzlab shifokorlar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashmoqda. Shuningdek, kuniga yana 200 dona tibbiy uskuna 3D printerlar yordamida ishlab chiqariladi.

O‘tgan hafta Italiyaning “Armani” modalar uyi tibbiyot mutaxassislari uchun bir martalik xalatlar tikishni boshlashini e’lon qildi. Shuningdek, FCA (Fiat Chrysler Automobiles) konserni kelgusi haftalarda tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Italiya koronavirus tufayli vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 105 792 nafar odamda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 12 428 nafar odam allaqachon vafot etgan. Mamlakatda joriy yilning 10 mart kunidan boshlab karantin va aholining harakatiga qattiq cheklovlar amal qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Lamborghini Koronavirus Tibbiy niqob

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made