Futbolchi Sirojiddin Sayfiyev vafot etdi

Sport

image

Kecha, 20 fevral kuni Samarqandning “Dinamo” klubi va O‘zbekiston terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Sirojiddin Sayfiyev vafot etdi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar berdi.

Sirojiddin Sayfiyev 36 yoshda bo‘lgan.

“Sayfiyev uzoq davom etgan kasallikdan vafot etdi (ko‘p yillar davomida futbolchi o‘pka raki bilan kurashgan).”deyiladi xabarda.

2017 yilda ijtimoiy tarmoqldarda Sayfiyevni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari o‘tkazilgandi. Uning davolanishi uchun 50 mln so‘m pul yig‘ilgan.

Sirojjin Sayfiyev 1982 yilda Samarqandda tug‘ilgan. O‘zining futbolchilik faoliyati davomida Samarqandning “Dinamo”, G‘uzorning “Sho‘rtan” va Qozog‘istonning “Taroz” klublari safida to‘p surgan. Futbolchi Samarqandning “Dinamo” klubida 2009 yildan 2015 yilgacha o‘ynagan. “Dinamo” safida 119 o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urgan. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 2008 yilda 1 o‘yinda maydonga tushgan.

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiramiz.


Maqola muallifi

Teglar

Sirojiddin Sayfiev

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar