Xorazmda haydovchi mast holda mudhish YTHni sodir etdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 iyun kuni Xorazmda ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, viloyatning Bog‘ot tumanida yashovchi 31 yoshli D.K. mast holda o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini “Urganch-Xazorasp” yo‘lining 33-kmda haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada, mashina katta tezlikda yo‘l chetidagi daraxtga urilib ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida, ikki nafar yo‘lovchilari 38 yoshli E.B. va 35 yoshli I.M.lar jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomashina haydovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH IIV Xorazm

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing