Ijtimoiy tarmoqda Rossiyalik deputatning avtomatdan o‘q uzayotgani videosi paydo bo‘ldi

Olam

Ijtimoiy tarmoqda Rossiya davlat Dumasiga “Spravedlivoy Rossii” partiyasidan saylangan deputat Dmitriy Ioninning Sverdlovsk viloyati, Kamыshlov shahridagi uylardan birining hovlisida avtomatdan o‘q uzayotgani tasvirlangan video YouTube tarmog‘idagi "Yekaterinburg onlayn" kanal portali tomonidan joylangan

Videoda tasvirlanganidek, Ionin avtomobil yukxonasidan avtomat olgan va osmonga qaratib bir necha bor o‘q uzgan. Video  shu yerdagi xonadonda yashaydigan fuqaro tomonidan suratga olingan.

Deputat Dmitriy Ionin, voqea u bilan sodir bo‘lganini rad etgan.

“Ha, bir kishi yordamchimga yaqinlashdi,unga o‘yinchoq avtomat berdi. U esa tepkini bosib yubordi. Politsiya kelib bizdan bu haqda so‘raganida, biz hech nima bo‘lmagani, bu shunchaki ekanini aytdik. Biz ular bilan suhbatlashdik, savollar bo‘ldi, ishimizni qildik. Shundan so‘ng beshta politsiya avtomobili kelib mashinani o‘rab oldi va bizni ikki soat davomida shahardan qo‘yib yubormasdan ushlab turdi”,  – deydi deputat Dmitriy Ionin


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing