Yaponiya pandemiyani tugatish uchun yangi choralar qo‘llashga o‘tadi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun “mavjud choralar va qonunchilik bazasi epidemiyani to‘liq to‘xtatish uchun yetarli bo‘lmasa” maxsus choralarni ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Yaponiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni, mahalliy vaqt bilan soat 11:00 (Toshkent vaqti bilan 07:00) da Costa Atlantica kruiz kemasi ekipaj a’zolari va Diamond Princess laynerining 712 dan ortiq yo‘lovchi va ekipaj a’zolari sonini hisobga olgan holda 14 607 kishini tashkil etdi. Kasallikning eng ko‘p soni Tokioda (4059 kishi) va Osaka prefekturasida (1553 kishi) aniqlandi. Infeksiyadan jami 426 kishi vafot etdi.

“Agar mavjud choralar va qonunchilik bazasi epidemiyani tugatish uchun yetarli bo‘lmasa, yangi choralar imkoniyatini ko‘rib chiqishimiz kerak”, dedi Abe.

8 apreldan boshlab Yaponiyaning yetti prefekturasida, xususan, Tokio va Osakada favqulodda holat rejimi ishlay boshladi va bir muncha vaqt o‘tgach, u mamlakatning barcha hududlarida joriy etildi. Savdo markazlari, universitetlar va maktablar, kinoteatrlar va kutubxonalar ishlashi to‘xtatildi. Mahalliy hokimiyat vakillari odamlarni iloji boricha uydan chiqmaslikka chaqirmoqda.

Ammo Yaponiyada aksariyat mamlakatlardan farqli o‘laroq, favqulodda holat rejimi vaqtida qoidalarga rioya etmaslik jarima va jazo qo‘llashga sabab bo‘la olmaydi.  Istisno tariqasida hayot va koronavirusga qarshi kurash uchun zarur bo‘lgan buyumlarni yashirganlik uchun 300 ming iyen (2,7 ming dollar) jarima yoki 6 oygacha qamoq jazosi qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Yaponiyada

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing