AQSH Prezidenti o‘zgarsa, Bloomberg kompaniyasi sotib yuboriladi

Olam

image

Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Maykl Blumberg noyabr oyida AQSH rahbarligiga saylanadigan bo‘lsa, uni o‘ziga tegishli Bloomberg LP kompaniyasini sotib yuboradi.

Blumberg joriy yilning noyabr oyida Demokratik nomzodlar poygasiga qo‘shilganidan beri, jamoatchilik fikri so‘rovlarida shiddat bilan ko‘tarildi. U 19 fevral kuni Las-Vegasda o‘zining ilk debatini o‘tkazadi.

Nyu-Yorkning sobiq meri, agar Prezidentlikka saylanagan bo‘lsa, Bloomberg LP’ni sotish ehtimoli borligini 18 fevral kuni ma’lum qilgan edi.

“Agar Mayk Oq uy rahbari bo‘lsa, o‘z komapaniyasini sotadi”, deb tasdiqlagan biznesmenning matbuot kotibi Galiya Slayen.

Ma’lumot o‘rnida, Bloomberg LP yangiliklar bilan birga Uoll-strit firmalariga moliyaviy ma’lumotlar taqdim etuvchi kompaniya hisoblanadi. U xususiy bo‘lib, kompaniyaga 1981 yilda asos solingan. Maykl Blumberg uning katta qismiga egalik qiladi. Burton-Taylor International Consulting tahlilchilari 2019 yilda kompaniyaning daromadi 10 milliard dollar atrofida deb baholagan.    


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing