Fransiya TIV huzuridagi Davlat kotibi O‘zbekistonga kelyapti

Olam

image

Joriy yilning 16-17 aprel kunlari Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi va turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning amaliy masalalari muhokama qilinadi. 

Delegatsiya, shuningdek, Samarqand va Toshkent viloyatlariga tashrif buyurib, Fransiya taraqqiyot agentligi loyihalarini amalga oshirish jarayoni bilan tanishadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Jan-Batist Lemuan

Baholaganlar

5

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing