Bulung‘urda Lacetti ag‘darilib, yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi (foto)

Jamiyat

photo_2020-05-26_21-55-29

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida Lacetti avtomobili tezligini me’yoridan oshirgani sababli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27 may kuni soat 01:30 larda, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, “Ulug‘bek” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1058 kilometrida haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan X.T. (erkak) Lacetti rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1984 yilda tug‘ilgan M.T. (erkak) boshqaruvidagi Damas rusumli transport vositasiga yaqinlashib, orqa o‘ng yon tomonidan urgan. YTH sodir etishi oqibatida Lacetti avtomobili ag‘darilgan.

Natijada, Lacetti rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1984 yilda tug‘ilgan X.K. (erkak) og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz“, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Toshkentda ikki Captiva YTH sodir etgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing