Bog‘chalarda karantin qachongacha davom etishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin joriy yilning 31 martigacha davom etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari esa bugun, 18 martdan haq to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, karantin davrida maktabgacha ta’lim muassasasi direktori, xo‘jalik mudiri, hamshira, farrosh va qorovul o‘z ish faoliyatini davom ettiradi

Agrippina Shin bilan o‘tayotgan matbuot  anjumanida 16 martdan boshlab, ya’ni karantin davrida MTMlarga bolalarni qabul qilish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish to‘xtatilishi ma’lum qilindi. 

“Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, pedagogika kollejlari hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ushbu buyruqning 3-bandida nomlari keltirilmagan boshqa xodimlari 2020 yilning 18 mart kunidan 31 mart kuniga qadar navbatdagi yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqariladi. 

Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi ularga qulay vaqtda berilishi ta’minlanadi”, deydi vazir. 

Ma’lumki, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistondla koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan edi va bugungacha bemorlar soni 15 nafarga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida shu kuni  O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda mulkchilik shaklidan qat’i nazar O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey, kollej va texnikumlar, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 16 martdan karantin e’lon qilinishi va kamida ikki hafta davom etishi ma’lum qilingandi
 


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing