Fotoradarga tushgan qarzdorlar ushlanmoqda

Jamiyat

image

Avtomobil yo‘llarida qoidabuzarlikni sodir etib, belgilangan muddat ichida jarimani to‘lamay yurgan transport vositasi egalaridan jarimalarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Ayni paytda Toshkent viloyatining “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz” (Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatini bog‘lovchi yo‘l), “Toshkent – O‘sh” (Toshkent shahri va Namangan viloyatini bog‘lovchi yo‘l) va “Bektemir – Chirchiq – G‘azalkent – Chorbog‘” (Toshkent shahri va Bo‘stonliq tumanini bog‘lovchi yo‘l), “Toshkent – To‘ytepa” avtomobil yo‘llaridagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari (fotoradarlar) onlayn rejimda ishlamoqda. Ular yordamida 2019 yil boshidan buyon 17242 qoidabuzarlik aniqlandi. Shu kunga qadar 3421 shaxsdan belgilangan jarima undirildi. Hozirda 60 kun muddat ichida jarimani to‘lamasdan yurgan 1175 transport vositasi egasidan jarimani undirish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, ularni aniqlab, chora ko‘rishda “AUTO CON” moslamasi yordamidan foydanilmoqda. Qisqa vaqtda 216 ana shunday qoidabuzar haydovchi aniqlanib, ularning avtomashinasi jarima undirilgunga qadar vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

Kuni kecha Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan reyd chog‘ida “Lasetti” rusumli avtoulov “AUTO CON” moslamasi orqali olingan ma’lumot asosida to‘xtatib, tekshirilganda avtomobil egasi 6 marta tezlikni oshirish qoidabuzarligini sodir etib, 5 million 59 ming 35 so‘m miqdorida jarimani to‘lamasdan yurgani aniqlandi. Bu mashina ham jarima maydoniga joylashtirildi.

Shu o‘rinda avtomobil egalari diqqatiga ma’lum qilamizki, haydovchilar qoidabuzarlik sodir etgani haqida ma’lumot olish uchun 8860 qisqa raqamiga mashinasining davlat raqamini hamda transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriya va raqamini SMS orqali yuborib, bilib olishi mumkin bo‘ladi. SMS xabarda qoidabuzarlik sodir etilgan sana va jarima miqdori ham ma’lum qilinadi.

Qoidabuzarlik bo‘yicha belgilangan jarimalar esa banklardagi “Munis” tizimi, plastik kartadan “Click”, “PayMe” ilovalari orqali ham qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Fotoradar

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made