Putin yangi xalqaro tashkilot tuzishni taklif qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Fors ko‘rfazidagi muammoni hal qilish uchun xalqaro tashkilot tuzishni taklif qilyapti. Vladimir Putin “Valday” klubining plenar yig‘ilishida RF, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ishtirokida tashkilot tuzish taklifini bildirdi.

“Rossiya joriy yilning iyul oyida Fors ko‘rfazida jamoaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha konsepsiyani taqdim etgandi. Mintaqadagi keskin vaziyatdan kelib chiqsak, g‘oya hamon dolzarb. Biz jamlanib qolgan salbiy fikr, e’tirozlarni bir chetga surib, ushbu mintaqada xavfsizlik bo‘yicha ko‘rfaz davlatlaridan tashqari, Rossiya, Xitoy AQSH, YeI, Hindiston va boshqa xohlovchi mamlakatlar qo‘shilishi mumkin bo‘lgan tashkilot tuzishni taklif qilyapmiz”, degan Putin.

Rossiya Prezidenti xalqaro muammolarni Osiyo davlatlarining ishtirokisiz hal qilib bo‘lmasligini ham ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Fors ko‘rfazida vaziyat ancha keskinlashgan. Arab davlatlari, xususan, Saudiya Arabistoni va Eron munosabatlari doimgidanda yomonlashgan. Saudiya milliy neft kompaniyasining ob’ektlariga hujum uyushtirilishi va AQSHning bu ishda Eronni ayblashi vaziyatni yanada taranglashtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Fors ko'rfazi

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing