Kunlar qachon isib ketadi? Sinoptiklar haftalik ob-havoni ma’lum qildi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologi xizmati markazi hafta davomida O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 13 aprelda ham kechagidek deyarli butun O‘zbekiston hududi nisbatan iliq, ammo juda nam havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir faqat ertalab yog‘ib o‘tdi, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Ertaga, 14 aprelda ham O‘zbekiston hududida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qorqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

15 aprelda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shu kunlarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin, kunduzgi harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

13-14 aprelda respublikaning tog‘oldi tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

Haftaning ikkinchi yarmida nam havo oqimi respublika hududini butunlay tark etadi. Mamlakatda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi, va kunduzi 19-24 darajagacha yetadi, bu aprel oyi o‘rtasi uchun xos bo‘lgan haroratdir.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

776

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing