Yuridik universitetga yangi prorektor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning tegishli buyrug‘i bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi prorektor tayinlandi. Islombek Rustambekovich Rustambekov TDYUU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ish boshladi. 

Islombek Rustambekov 1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura yo‘nalishini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos, yuridik fanlari doktori.

U mehnat faoliyatini 2010 yilda Toshkent davlat yuridik instituti aspiranti lavozimidan boshlab, 2010-2013 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 2013-2017 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro tijorat huquqi” kafedrasi mudiri, 2017-2017 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi kafedrasi mudiri, 2018 yil (aprel-iyun)da O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

Islombek Rustambekov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Islombek Rustambekovichni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 sentyabr kuni Prezident farmoni bilan Oliy Majlic Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov Adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent davlat yuridik universiteti

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing