Litsenziyalanadigan faoliyat turlari bittaga ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qonun bilan qonun hujjatlariga moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish, ushbu harakatlarni nafaqat qasddan sodir etganlik, balki ehtiyotsizlik tufayli sodir etganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirildi.

Shuningdek, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlarini asrashga doir faoliyat ham endilikda litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunning moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalashga oid qismi Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun madaniy meros

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing