Bolasini qutqarmoqchi bo‘lgan ota avtobus tagida qoldi

Olam

image

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida avtobus ota-bolani urib yubordi. Bu haqda Kazinform xabar bermoqda.

Ota voqea joyida vafot etdi, bola esa shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. 

Avtohalokat Abay prospekti va Oltinsarin ko‘chasi chorrahasida sodir bo‘lgan. Politsiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 4 yoshli bola yo‘lningbelgilanmagan qismidan yugurib ketgan. Uning otasi bolani qutqarmoqchi edi. Ammo o‘sha paytda ularni yo‘lovchi avtobusi urib yubordi.

Bolaning otasi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi. Uning o‘g‘li esa bolalar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Avtobus haydovchisining shaxsi darhol aniqlandi. 

Hozirda unga nisbatan ekspertiza belgilangan. Haydovchi ustidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 3-qismi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

avtohalokat Qizilo'rda viloyatida

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing