Xitoydagi 42 ming gektarlik sahro “g‘oyib” bo‘ldi

Olam

Xitoydagi eng asosiy to‘rtta sahrodan biri Shensi viloyatidagi Mu-Us cho‘li mamlakatning shimoli-g‘arbiy xaritasidan “g‘oyib” bo‘ldi. Negaki, cho‘l hududining 93,24 foizi so‘lim oazisga aylandi.

Sahro 42 200 kvadrat kilometr maydonga yastangan. Avval bu yerlar “o‘lik” va qishloq xo‘jaligi uchun befoyda bo‘lgan. Mu-Usdagi shamol va qum bo‘roni sababli Yuylin shahri uch marta janubroqqa surilishiga to‘g‘ri kelgandi.

1959 yildan boshlab mahalliy aholi qum bo‘ronini ushlab qolishi uchun daraxt ekishni boshlagan. Ko‘p yillik harakatlar yashil maydonni shimol tomonga 400 kmgacha kengaytirish imkonini bergan.

Фото: twitter.com/cgtnrussian

“Sahro g‘oyib bo‘ldi deganda, biz bugungi kunda bo‘sh yerlar yo‘q bo‘lganini nazarda tutyapmiz. Agar biz shu yo‘sinda davom etsak, qolgan 30 000 gekar maydondagi qumliklar ham qolmaydi”, deydi Shensi viloyati o‘rmon byurosi rahbari Dan Shuanjen.

1950 yillarda Yuylin shahrining o‘rmon qoplamasi bor-yo‘g‘i 0,9 foizni tashkil qilgan. Ammo hozir bu 33 foizga yetgan.

Hozir mahalliy aholi bor imkoniyatini COVID-19 pandemiyasi sabab yo‘qotilgan vaqtning o‘rnini to‘ldirish uchun sarflayapti. Ular 400 gektar yerga may oyi oxirigacha daraxtlar ekib chiqishmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy sahro

Baholaganlar

1283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made