Forbes rossiyalik eng badavlat merosxo‘rlar ro‘yxatini e’lon qildi

Olam

image

Forbes jurnali rossiyalik milliarderlarning eng badavlat merosxo‘rlari ro‘yxatini e’lon qildi. 

Ro‘yxatdan 238 mlrd dollarlik merosga egalik qiluvchi 48 badavlat kishilar o‘rin olgan.

Eng boy merosxo‘r (21,8 mlrd dollar) deb Yusuf Alekperov topilgan. Forbes talqiniga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda “Novatek” va “Sibur” kompaniyasi asoschisi Leonid Mixelsonning o‘g‘li va qizi (har birida 12,2 mlrd dollar boylik) o‘rin olgan. Uchinchi o‘rinni Novolipetsk metallurgiya kombinati asoschisi Vladimir Lisinning (7,6 mlrd dollar) merosxo‘ri egallagan.

Forbes ro‘yxatidan 20 ta oila o‘rin olgan va ularning 48 nafar farzandlarining har birining boyligi 2,3 mlrd dollardan oshadi. 

Reyting jurnal ekspertlari tomonidan milliarderlarning iqtisodiy holati o‘rganilib, ularning boyligi tan olingan farzandlariga nisbatan hisoblab chiqilgan. Bunda oilaviy aksiyalar hisobga olinmagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing