Finlyandiya Yevropa Ittifoqidagi eng katta strategik omboriga ega bo‘ladi

Olam

image

Finlyandiya 2024 yil boshiga qadar kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar hamda dori-darmon vositalarining tayyor zaxiralarini yaratish uchun Yevropa ittifoqidan katta miqdorda mablag‘ oldi. Bu haqda Finlyandiya ichki ishlar vazirligi saytida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat Ittifoqdan umumiy hisobda 242 million yevro (taxminan 264 million AQSH dollari) miqdorida mablag‘ olgan. Yaratiladigan ushbu zaxira Finlyandiyani Yevropa Ittifoqidagi eng yirik strategik ombor joylashgan mamlakatga aylantiradi.  

“Saqlangan materiallar birinchi navbatda Shimoliy va Sharqiy Yevropada yuzaga keladigan tahdidlar, baxtsiz hodisalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ishlatiladi. Sotib olinadigan himoya vositalari, o‘lchash asboblari, detektorlar, tezkor testlar, dori-darmonlar va vaksinalar esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchilar va tinch aholi tomonidan foydalanilishi uchun mo‘ljallangan. Xarid qilish rejalarida pandemiya ham hisobga olingan”, deb yozadi loyiha menejeri Tarja Rantala.

Bahorda loyiha jamoasiga 20 ga yaqin xodim ishga olinganidan so‘ng, mahsulotlarni xarid qilishga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Xaridlar to‘g‘risidagi birinchi e’lonlarga ko‘ra, yuzga yaqin mahsulotlarni zaxirada saqlash rejalashtirilmoqda. Ularning bir qismi esa 2024 yil boshidayoq omborda bo‘lishi kerak.

Ma’lumot uchun, shunga o‘xshash bazalar Fransiya, Polsha va Xorvatiyada ham mavjud. Biroq Finlyandiya loyihasi ularga qaraganda ancha yirik va ko‘p tarmoqlidir.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Finlyandiya zaxira ombor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made