Oksford universiteti ham vaksina ustida ish boshladi

Salomatlik

image

Oksford universiteti mutaxassislari koronavirusga qarshi vaksina sinovini boshlab yubordi. Bu bilan vaksina ishlab chiqaruvchilar soni yana bittaga ko‘paydi.

Universitet vaksina sinovi uchun ko‘ngillilarni to‘play boshladi. Sinovda faqat Temza vodiysining 18 dan 55 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom aholisi qatnashishi mumkin. Vaksina sinovlari olti oyga mo‘ljallangan.

"Tadqiqot bizga yangi CHAdOx1 nCoV-19 vaksinasi sog‘lom odamlarni Sovid-19 kasalligidan himoya qila oladimi yoki yo‘qligini baholashga imkon beradi", deyiladi universitet press-relizida.

Vaksina yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, kasallik 80 foiz holatda yengil kechadi. Kasallikning ushbu turiga chalingan odamlarga maxsus qo‘shimcha dori vositalari shart emas. Ularning fikricha, koronavirus bilan og‘rigan har 6 nafar odamdan bittasida kasallikning og‘ir shakli uchrashi mumkin.

Ma’lumot uchun, hozirda koronavirusga qarshi vaksinani bir qator davlat va farmatsevt kompaniyalari ishlab chiqishni boshlab yuborgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksina kamida 1 yil muddatda tayyor bo‘ladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Vaktsina Oksford universiteti

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made