Sog‘liqni saqlash vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga asosan Abduhakim Mo‘minovich Hojiboyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda shu yilning 15 iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham ma’lum qilindi.

Abduhakim Hojiboyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Hojiboyev shu tariqa mazkur lavozimga uchinchi bor tayinlandi.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vaziriga to‘rtta yangi o‘rinbosar tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov SSV

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made