FIFA “The Best” sovrini uchun da’vogarlar nomini ma’lum qildi (ro‘yxat)

Sport

image

FIFA talqini bo‘yicha 2023 yilning futbolchisi va murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagi 12 nafar futbolchi “The Best” sovrini uchun kurash olib boradi.

  1. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”)
  2. Bernardu Silva (“Manchester Siti”)
  3. Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”)
  4. Erling Xoland (“Manchester Siti”)
  5. Xulian Alvares (“Manchester Siti”)
  6. Ilkay Gundo‘g‘an (“Manchester Siti”/“Barselona”)
  7. Rodri (“Manchester Siti”)
  8. Lionel Messi (PSJ/“Inter Mayami”)
  9. Viktor Osimxen (“Napoli”)
  10. Kilian Mbappe (PSJ)
  11. Deklan Rays (“Vest Hem”/“Arsenal”)
  12. Marselo Brozovich (“Inter”/“Al-Nasr”)

FIFA

Mazkur ro‘yxatni tuzish jarayonida futbolchilarning 2022 yilgi Jahon chempionatida ko‘rsatgan natijalari emas, 2022 yil 19 dekabrdan 2023 yil 20 avgustgacha bo‘lgan davrdagi o‘yinlari hisobga olingan.

FIFA talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi darvozaboni sovrini uchun quyidagilar kurash olib boradi.

  1. Mark-Andre ter Shtegen (Germaniya, “Barselona”)
  2. Andre Onana (Kamerun, “Inter”/“Manchester Yunayted”)
  3. Yassin Bunu (Marokash, “Sevilya”/“Al-Hilol”)
  4. Ederson (Braziliya, “Manchester Siti”)
  5. Tibo Kurtua (Belgiya, “Real”)

Shuningdek, 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun quyidagi mutaxassislar bahslashadigan bo‘ldi.

  1. Pep Gvardiola (“Manchester Siti”)
  2. Luchano Spalletti (“Napoli”) 
  3. Xavi (“Barselona”)
  4. Simone Inzagi (“Inter”)
  5. Enj Postekoglu (“Seltik”/“Tottenxem”)

Maqola muallifi

Teglar

The Best FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing