Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilik sanoati bo‘yicha qaror qabul qildi. Nimalar o‘zgaradi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 may kuni karantin sharoitini yanada yengillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda karantin sharoitini bosqichma-bosqich yumshatishga oid taklif va tahlillar asosida bundan buyon amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Korxonalar barqaror ishlab ketishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbarining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

- to‘qimachilik korxonalari va klasterlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, mahsulot raqobatdoshligini oshirish maqsadida xomashyo narxini 10 foizgacha pasaytirish imkoniyatini beruvchi xalqaro birja narxlariga o‘tiladi;

- 1 aprelga qadar ichki bozorda sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy to‘lov muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytirildi;

- to‘qimachilik korxonalari eksport qilgan mahsulot respublikadan chiqib ketishi bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘liq qaytariladi;

- soha uchun muhim bo‘lgan 64 turdagi xomashyo va materiallar bojxona bojidan ozod qilindi.

Shuningdek, tayyor mahsulot eksportini keskin ko‘paytirish, yirik, kamida 1 mingta odam ishlaydigan, xalqaro brend ostida ishlab chiqaruvchi zamonaviy yirik to‘qimachilik va tikuv klasterlarini barpo etish ko‘zda tutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made